Bizning jamoa

Xamza Muratbayevich Boltaev

Tashkilot hammuassisi va direktori

Xamza Muratbayevich Boltaev huquqshunos va tizimli tahlilchi bo'lib, huquq, strategik tahlil va xavfsizlik tadqiqotlari bo'yicha ko'p tarmoqli akademik va operatsion tajribaga ega. U O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tugatgan va 2010-yilda bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik u O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabida analitik metodologiyalar va strategik prognozlash bo'yicha magistrlik darajasini oldi. 2021-yilda u Buyuk Britaniyaning London shahridagi Qirollik kollejining Harbiy tadqiqotlar kafedrasida san'at bo'yicha ikkinchi magistrlik darajasini olish orqali o'z tajribasini yanada oshirdi. Professional jihatdan Xamza Boltaev O'zbekiston huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik sohalarida bir qator lavozimlarida ishlagan. Uning faoliyati Ichki ishlar vazirligidagi xizmat, shu jumladan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi katta tahlilchisi, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Ilmiy va amaliy tadqiqotlar markazida yetakchi ilmiy xodim kabilarni qamrab oladi.

Akmal Muzaffarov

Huquqshunos ekspert

Akmal Muzaffarov Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi. Ma'muriy va jinoyat huquqi bo'yicha 8 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan advokat. CAPIF loyihalari bo'yicha koordinator. Vakillik, hamkorlik aloqalari o’rnatish va qonunni qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qila olish kabi ko’nikmalarga ega.

Lutfulla Amini

NNTning Afgʻonistondagi vakolatxonasi rahbari

Lutfulla Amini Afgʻonistonda gumanitar-ijtimoiy va moliyaviy loyihalarni nazorat qilish boʻyicha kata tajribaga ega malakali rahbar hisoblanadi. Uning boshchiligida Afg'onistondagi NNT vakolatxonasi asosiy e’tiborni ta'lim, sog'liqni saqlash, inqirozga qarshi kurash va barqaror qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlashga qaratib kelmoqda

Shaxnoza Almosova

Xalqaro huquq bo'yicha ekspert

Shaxnoza Almosova huquqiy fanlar nomzodi. Shuningdek, u inson huquqlari va gender masalalari bo'yicha tajribali mutaxassis. Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy izlanishlar olib boradi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro anjumanlarda muntazam qatnashib keladi.

Baxrom Boymurodov

Siyosiy ekspert

Baxrom Boymurodov jinoyat huquqi sohasida amaliyotchi advokat. Shuningdek, u tizimli tahlil va siyosatshunoslik boʻyicha magistr darajasiga ega. U mojaroli hududlardan qaytgan shaxslar bilan ishlash tajribasiga ega

Shaxmar Kuliyev

NNT muassisi

Shaxmar Kuliyev ancha vaqtdan beri Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya xalqlari tarixi va madaniyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Maʼlumoti boʻyicha tarixchi hamda geosiyosat va geoiqtisodiyot boʻyicha malakali mutaxassis



Odilbek Manabov

Siyosiy tahlilchi

Odilbek Manabov barqaror iqtisodiy rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va Yaqin Sharq siyosatiga ixtisoslashgan siyosiy tahlilchi va tadqiqotchi. Kasbiy tajribasi xususiy sektor, ilmiy doiralar, tadqiqotlar, Jahon banki guruhi, Osiyo taraqqiyot banki va BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikdagi loyihalarni qamrab oladi.