CAPIF haqida

“Markaziy Osiyo taraqqiyot va integratsiya forumi” (CAPIF) NNT 2023-yil 16-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Tashkilotning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-ekologik va siyosiy-huquqiy jarayonlarni tadqiq va tahlil qilish, turli konflikt va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqish, mintaqada integratsiyaga va millatlararo hamkorlikka, progressiv iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashish, barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish bo'yicha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashdan iborat. 2024-yil oktyabr oyida Afg‘onistonning Qobul shahrida NNTning rasmiy vakolatxonasi ochildi. In October 2024, an official representative office of the NGO was opened in Kabul, Afghanistan.

Tashkilotning maqsadlari


1. Tadqiqotlar o’tkazish va strategiyalar ishlab chiqish

Markaziy Osiyoda madaniyatlar, tillar, dinlar va tarixiy merosning o'ziga xos kombinatsiyasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jarayonlarni tadqiq qilish. Tadqiqotlarimiz natijalari Markaziy Osiyoda muammo va tahdidlarni, jumladan gumanitar inqirozlar, iqtisodiy qiyinchiliklar, tabiiy ofatlar va tashqi omillarni bartaraf etishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga ko’maklashadi. Bizning tavsiyalarimiz mintaqaning o‘ziga xosligi, tarixiy kontekst hamda hozirgi dinamikani chuqur tushunishga asoslangan.


2. Integratsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash

Markaziy Osiyoda integratsiya murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, mintaqa xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni qamrab oladi. Bizning faoliyatimiz mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni qamrab oladi. Markaziy Osiyodagi integratsiyaning kelajagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy muammolarni hal qilish bo‘yicha birgalikda strategiyalar ishlab chiqish, shuningdek, mintaqa xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga bog’liq.


3. Millatlararo hamkorlikni rivojlantirish

Markaziy Osiyo etnik guruhlar, madaniyatlar, tillar va dinlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi, bu esa millatlararo muloqotni ayniqsa dolzarb qiladi. Biz Markaziy Osiyoda millatlararo muloqotni rivojlantirishga kompleks yondashib, bu jarayonga jamiyatning barcha qatlamlarini, jumladan, hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorni jalb qilishga intilamiz. Turli madaniyatlar va etnik guruhlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamkorlik uchun sharoit yaratish mintaqadagi ijtimoiy hamjihatlik va barqarorlikni sezilarli darajada mustahkamlaydi.


4. Gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish

Afg'onistondagi gumanitar operatsiyalar tashkilotning asosiy va muhim vazifalaridan biri bo'lib, aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Tashkilot mojarolar va tabiiy ofatlardan jabrlangan hududlarga oziq-ovqat, tibbiy yordam va boshqa zarur resurslarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, gumanitar xodimlar va mahalliy ko‘ngillilarning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.


5. Iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashish

Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda ilgʻor iqtisodiyotlarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarimiz mintaqada iqtisodiy oʻsish, turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikka koʻmaklashuvchi innovatsion, barqaror va inklyuziv iqtisodiy modellarni ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutadi. Biz barcha darajalarda – hukumatlardan tortib xususiy sektor va fuqarolik jamiyatida muvofiqlashlgan yondashuvga erishishga intilamiz. Ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari barqaror rivojlanishga ko‘maklashuvchi va aholi turmush sifatini yaxshilovchi barqaror va muqim iqtisodiy muhitni yaratishga xizmat qiladi.


photo_2025-01-25_00-54-14 (2)


6. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish

2015-yilda BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun muhim vazifa hisoblanadi. Mintaqada ushbu maqsadlarga erishishga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va siyosiy muammolar mavjud. Markaziy Osiyo rivojlanishda davom etar ekan, BRMga erishish hukumatlar, institutlar va fuqarolik jamiyati uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqsadimiz – mavjud muammolarni bartaraf etish va mintaqa uchun barqaror kelajak yaratishga xalqaro hamjamiyat ko’magiga erishishdir.