CAPIF vakillari BMT GJB-YeTTBning Markaziy Osiyo ishbilarmonlik axloqi tarmog'i tashabbusida ishtirok etdi

11 mart kuni «Markaziy Osiyo taraqqiyot va integratsiya forumi» NNT vakillari BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi (BMT GJB) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyoda ishbilarmonlik axloqi tarmog’ini (CABIN) tashkil etish tashabbusi muxokamasida ishtirok etdilar.

CABIN — bu korruptsion va moliyaviy xatarlarni minimallashtirishni maqsad qilgan komplayens bo’yicha mutaxassislar, ichki nazoratchilar va tadbirkorlar tarmog’idir. Mazkur tarmoq Markaziy Osiyodagi kichik va o’rta biznes egalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiradi. Uning maqsadi – korruptsiyaga qarshi komplayens sohasidagi yetakchi tajribani keng yoyish, shuningdek biznes tomonidan korruptsiyaga qarshi standartlarga rioya etilishi ustidan mustaqil nazorat mexanizmlarini yaratishdan iborat.

Similar Posts