Markaziy Osiyo taraqqiyot va integratsiya forumi” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari Pokistondagi anjumanda ishtirok etmoqda

Pokiston poytaxti Islomobodda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferentsiya ish boshladi. Uch kunlik konferentsiya 20-22 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Konferentsiya Pokiston Xavfsizlik va tadqiqot markazi, Yevropa Ittifoqi va Afgʻoniston Iqtisodiy tadqiqotlar va tinchlik tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan.
Tadbir doirasida Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, TAPI va CASA-1000 loyihalarini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini jonlantirish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Anjuman doirasida Pokiston rasmiylari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

Similar Posts